Tyan-Shan tog‘larining musaffo havosi, Chorvoq suv omborining kristaldek tiniq suvi va xilvat go‘shalarga xos osoyishtalik — bularning barchasi sizni Krokus Parkda kutmoqda. Majmuamiz Toshkentdan atigi 100 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, sizning to‘liq hordiq chiqarishingiz va tabiatdan zavqlanishingiz uchun maxsus tashkil etilgan.
Bu yerda siz shahar shovqinidan dam olishingiz, kuch-quvvatingizni tiklashingiz va tabiat bilan uyg‘unlikda vaqt o‘tkazishingiz mumkin.
Alohida basseynlarga ega bo‘lgan kottejlar hordiqni yanada qulay muhitda o‘tkazishni istagan mehmonlar uchun mos keladi va ular qarindoshlar, do‘stlar va yaqinlar bilan muloqot qilishdan zavqlanadilar.
Krokus Park Resort
Barcha sharoitlarga ega zamonaviy kottejlar
Bar maydoni va terrastli restoran
Konferensiya zali
Har bir mijozga individual yondashish
№ 01
Sizning qulayligingiz uchun zamonaviy kottejlar
Sizning qulayligingiz uchun har bir kottejda barcha zarur vositalar ko‘zda tutilgan: sochiqlar to‘plami, xalatlar, shippaklar va shaxsiy gigiyena vositalari.
Majmua maydoni shunday o‘ylangan-ki, siz unda shahar shovqinidan uzoqda dam olishingiz, shinamlikni his etishingiz va hordiqdan to‘liq zavqlanishingiz mumkin.
Krokus Park Resort panoramali restorani — Chorvoq suv omborining xushmanzara tabiatidan bahramand bo‘lib hordiq chiqarish uchun ideal maskandir.
Bu yerda siz milliy va Yevropa taomlarini tanlagan holda mazali tushlik yoki kechki ovqatdan bahramand bo‘lishingiz mumkin. Turli xil menyu va shinam muhit hordig‘ingizni chinakamiga yoqimli qiladi.
Agar siz noan'anaviy seminar, konferentsiya tashkil qilmoqchi bo‘lsangiz yoki hamkasblaringiz va sheriklaringizni uchrashuv formati bilan hayratda qoldirmoqchi bo‘lsangiz, biz ajoyib yechim bo‘ladigan biznes maydonchasini taklif etamiz.
Bizning imkoniyatlarimiz va takliflarimiz sizni xursand qiladi!
Puxta o‘ylangan va shinam interyerga ega zamonaviy kottejlar, rivojlangan infratuzilma hamda yuqori darajadagi servis dam olish uchun ideal sharoitlarni yaratadi.
Mehmonlar xizmatida: faol hordiq uchun futbol va voleybol maydonlari, bolalar maydonchasi, ishbilarmonlik tadbirlari uchun konferens-zal, to‘liq xordiq chiqarish uchun fin saunasi va uqalash (massaj) xizmatlari mavjud.
Toza tog‘ havosi, xushmanzara tabiat va qulay muhit Krokus Park Resortdagi hordiqni yilning istalgan faslida yoqimli va unutilmas qiladi.